Men bu saytga anchadan buyon kiraman.
Ko'plab hikoyalar yozdim, lekin hammasi o'ylab topilgan yoki ko'chirma edi.
Hozir sizlarga taqdim etmoqchi bo'lgan hikoyam hayotiydir. Ya'ni bu voqea mening hayotimda sodir bo'lgan. Diqqat faqat ismlar o'zgartirilgan boshqa hamma narsa reallikka asoslanadi. Xullas boshladim.
Litseyni bitirgach men ham hamma qatori universitetga topshirdim. Psixologiyaga qiziqqanim uchun shu yo'nalishga topshirirdim va qabul qilindim. Ammo universitetda 2 yil o'qidim xolos.
3-kursdan o'qishga bora olmadim.
Chunki men allaqachon kichik emas katta emas bir biznesni boshlab yuborgan edim.
Bu ish sayohat agentligi edi.
Rus tilini yaxshi bilganim uchun boshida faqat rusizabon davlatlarga sayohat yo'nalishidan boshladim. Chunki oyoqqa turib olguncha rahbar ham ish yurituvchi ham bazida git ham o'zim edim.
Omadim kelib6 oyda yaxshi daromadga kirdim va ishimni rivojlantirish uchun mablag sarfladim. Arenda turgan ofisni topshirib xususiy sotib oldim.
Birin ketin ishchilar va zarur bo'lgan narsalarni yig'a boshladim.
Ishni boshlaganimga 1 yil to'lgan kun menda O'zbekiston bo'ylab sayohat uchun 4 ta avtobus, 4 ta mikro avtobus, kattakon ofis 28 ta ishchi xodim va Chet elda 3 ta davlatda travel hamkor bor edi.
Linsenziyamga yevropa davlatlarini qo'shish uchun men hamma talabga javob beradigan darajaga keldim. Buning uchun biror bir davlatdan homiy kerak edi.
Men internet orqali Britaniyadagi bir kompaniya bilan aloqa qilib turar edim. Ingliz tilini yaxshi bilmaganligim uchun mening eng yaxshi tarjimonim Google Translate edi.
Men ularga barchasini tushuntirdim. Hamkor bi'lishni taklif qildim.
Ular esa meni Londonga borib muzokara o'tkazishim kerakligini aytishdi.
Bunga hamma sharoit bor edi. Lekin men ingliz tilini bilmas edim. Xodimlarning deyarli 15 tasi bilar ammo hammasini rejadagi sayohatlari bor edi.
Nima qilishga bosh qotdi.
Oxiri universitetimning xorijiy tillar fakultetidan yordam so'rashga majbur bo'ldim.
Universitetga borib rektorga hammasini tushuntirib iltimos qildim. Eng yaxshi talabasini atigi 10 kunga berishini so'radim.
Rektor rozi bo'lib xorijiy tillar fakultetini eng alochi 4 qizini qarshimga terib qo'ydi.
Men ularga vaziyatni tushuntirdim. Tarjimon bo'lib Londonga 10 kunga borib kelish kerakligi va buning barcha xarajatlarini o'zim qoplashimni va yana qaytgach 500$ berishimni aytdim.
Qizlarning biri abjirroq ekan darrov men boraman deb javob berdi.
Xa mayli unda ota onangizdan so'rab keyin aniq javobni aytib yuborasiz deb unga raqamimni berdim.
Ertasi kuni ertalab qo'ng'iroq qilib men bilan borishga tayyorligini aytdi. Men juda hursand bo'lib ketdim. Chunki endi men Londondagi muzokaraga tayyor edim.
O'sha kuni kechqurun biz samolyotga o'tirdik. O'shanda men psixologiyada 3-kurs, qiz esa xorijiy tillarda 4 - kurs edi. Yani mendan 1 yosh katta edi.
Davomi bor