1. 60 soniya sarflang: telefonda gaplashishga yoki yuzma-yuz ko‘rishishga tayyorlanar ekansiz, o‘zingizni eng yahshi xodim bo‘la olishingizga qisqa vaqt ichida ishontiring. Negaki ishga olinish yoki olinmasligingizni ilk 60 soniya hal etadi. «60-second sell” kitobining muallifi Robin Ryanning so‘zlariga ko‘ra, aloqa kirishishdan oldin tajribalaringiz haqida to‘rt yoki besh jumla tuzing. «Sizni nega ishga olishim kerak?” cavoliga qisqa va kerakli javob bering.
2. Atrofdan foydalaning: shaxsiy munosabatlar va hamkasblar yoki ishdagi do‘stlarni esdan chiqarmang. Faqatgina ishlagan shirkat yoki kompaniyadagi odamlarning fikri sizning uzoq vaqt xaloskoringiz bo‘lishi mumkin.
3. O’zingizni yosh ko‘rsating: «Nima istashimni bilmayman, ammo bu ishni istamasligimni bilaman” nomli kitob muallifi Juliya Jansenning fikricha, ko‘rishini yosh ko‘rsata turib, yangiliklarga boy bo‘lish lozim. Tabiiyki, karerasiga imkoniyat bergan nomzodning o‘zligini bilishi ham ahamiyatlidir. Inson karerasini tajribasi bo‘lgan sohaga yo‘naltirsa, u mazkur sohada muvaffaqiyatga erisha oladi. Shuningdek, J.Jansenning yozishicha, har doim karerangizda B rejangiz bo‘lishi darkor.
4. Qobiliyatlaringizni nazoratda saqlang: bakalavr va magistrda ta’lim olish uchun vaqtingiz yoki imkoniyatingiz bo‘lmasligi mumkin. Ayrim tekinga dars beruvchi kurslar qarshingizdan chiqsa uni qo‘ldan chiqarmang. Magistr saviyasida bo‘lmasada biroq, mazkur kurslar orqali loyihalashtirishga yoki biror tashkilotda ishlashga va boshqa qobiliyatlaringizni bilib olishingizga imkoniyat tug‘iladi. Garchi oliy ma’lumotli bo‘la olmasangizda shuni unutmang: Yaxshi kadr har doim kerak!
5. Qadringizni biling: dilxiralik bo‘lgan paytlarda ish joyingizni o‘zgartirishga shoshmang. Avvalo odam ish joyini o‘zgartirishga qaror qilsa, bundan oldin uni ishga qabul qilgan rahbar oldida ma’suliyatli ekanligini o‘ylab ko‘rishi kerak
6. Kundalik ishlang: ish izlagan vaqtingiz davomida ta’qibchi bo‘ling. Har kuni karerangiz uchun kichik bo‘lsada bir nimalar qiling. Sohalarni ko‘zdan kechiring. Atrofingizdagi insonlarni ish izlayotganingiz va qobiliyatingiz haqida xabardor qiling.