САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Гость!
Bugun: 18.12.2024
Soat: 06:55
Вход Регистрация
Tasodifiy Maqola : Ilk marta 4tasi bilan.
Nimadan boshlasam ekan, xullas men sex nima ekanligini juda erta bilganman, aniq esimda 6-sinfda o`q... davomi
Библиотека | Foydali maslaxatlar

Egizak farzand ko'rishni istayman

Добавил:DENTER (27.03.2022 / 00:23)
Рейтинг:rating 1443 article (1)
Прочтений:5222
Комментарии:0
Qo`shaloq baxtga erishishning 9 usuli
Egizaklar tug`ilishi qadimdan oila uchun o`zgacha zavq olib keluvchi holat bo`lgan. Tabiiyki, har zamonlarda odamlar buning usullari bilan qiziqishgan. Quyida biz ham aynan shu masalaga oid ma`lumotlar bilan o`rtoqlashmoqchimiz. Bu haqda shifokor-ginekolog Muyassar NAZIROVA ma`lumot beradi.
FAQAT 35 YoShDAN KEYIN...
Egizak farzandlar haqidagi istakni 35 yoshdan keyin ham amalga oshirish mumkin. Aniqlanishicha, aynan shu yoshdan keyin ayolda estrogen gormoni ko`payib, egizak farzand ko`rish ehtimoli boshqalarga qaraganda yuqori bo`ladi.
TAShQI KO`RINIShGA QARAB...
Qorachadan kelgan, «sharqona» ko`rinishga ega bo`lgan xonimlarda egizaklarni dunyoga keltirish ehtimoli ancha yuqori bo`ladi. Bu borada erkakning tashqi ko`rinishini ham ahamiyatga ega. Agar turmush o`rtog`ingiz qalinqosh, jingalaksoch va qirraburun bo`lsa oilangizda egizaklar tug`ilishi mumkin.
EKU USULI YoRDAMIDA
Ma`lumki, ushbu usul tezroq natija berishi uchun shifokorlar bir necha urug`lantirilgan tuxumhujayrani ona tuxumdoniga joylashadi. Qarabsizki, farzandingiz bir emas, ikkita, boringki, uchtaga ko`payadi.
HOMILADORLIKDAN SAQLOVChI VOSITALAR TA`SIRI
Homilador bo`lishdan oldin bir g`alati ish qiling: albatta shifokor nazorati va tavsiyasi ostida olti oy davomida homiladorlikning oldini oluvchi dori vositasidan foydalaning. Natijada, ma`lum vaqt «dam olgan» tuxumdonlar, birdaniga ikkita tuxumhujayra ishlab chiqaradi. Tarkibida gormonlar ishini tezlashtiruvchi moddalar borligi tufayli esa, tuxumdonlarning ikki kara tezroq va samaraliroq ishlashga undaydi.
SEMIRIShGA HARAKAT QILING
Kanadalik olimlarning ma`lum qilishicha, egizak farzandlar ozg`inlarga qaraganda tana vazni me`yoridan ozroq baland bo`lgan ayollarda ko`proq tug`iladi. Buni inobatga oling-da, oqsilga boy mahsulotlar yordamida biroz semiring.
TAOMNOMANI O`ZGARTIRING
Homilador bo`lishdan ikki oy avval har kuni tuxumdonlar faoliyatini kuchaytiruvchi, baravariga ikkita tuxumhujayra etilishiga olib keladigan oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul qilish kerak. Ular sirasiga: bedana, o`rdak va tovuq tuxumi, yong`oq, shivit, o`stirilgan bug`doy, tovuq va kurka go`shti, baliq, pishloq, sut, tvorog, qatiq, mevalardan – mango, ananas, shaftoli, o`rik, uzum, nok kiradi. Ularni imkon qadar ko`proq iste`mol qiling.
Bilasizmi:
Banan, arab xurmosi, qora shokolad va dukkaklilarni ko`p tanovul qilinsa, o`g`il egizaklar ko`rish ehtimoli yuqori bo`ladi.
Darvoqe, yaqinlik ovulyasiya davriga to`g`ri kelsa, o`g`il farzand ko`rishingiz osonroq kechadi.
Qiz egizaklarni istovchilar taomnomasida shirinliklar, asal, xushbo`y giyohlar, murabbo ko`proq bo`lgani ma`qul. Shuningdek, sho`r va achchiq narsalardan o`zingizni tiyishga harakat qiling.
KIMNING QONI YoShROQ?
Qoningiz qancha almashgan bo`lsa shuncha yaxshi. Ayolning qoni har uch yilda, erkaklarniki har to`rt yilda almashinishi tasdiqlangan. Ayol so`nggi operasiya, abort, tug`ruqlardan keyingi vaqtni ham hisobga olishi kerak.Kimning qoni «yoshroq» bo`lsa, sizda ham xuddi shu jinsdagi farzand tug`iladi.
YaQINLIK HAQIDA
Homiladorlik yilning issiq pallasi, ayniqsa yozda vujudga kelgani ma`qul. Yozda ayol organizmi kerakli vitaminlarni ko`p miqdorda oladi, va aynan pishiqchilik payti gormonlar bilan organizm to`yingan bo`ladi.
SEKSOPATOLOG BILAN MASLAHATLAShING
Yaqinlik paytida qinga erlik urug`i chuqurroq kirishiga olib keladigan holatlardan foydalanish kerak. Bu haqda shifokor-seksopatologdan tegishli tavsiyalar olasiz.
Скачать txt | fb2
На главную
Онлайн: 0 / 30

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Yangi kunlik xikoyalar!