САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Xayirli kech, Гость!
Bugun: 21.11.2024
Soat: 00:40
Вход Регистрация
Tasodifiy Maqola : Amakimni hotiniga uylandim
Bu hikoya shunchaki kongil yozish uchun yozilgan. Bu hikoyadagi barcha qahramonlar badiiy toqima. Ma... davomi
Библиотека | Foydali maslaxatlar

Labning ko'rinishini qanday qilib o'zgartirish mumkin?

Добавил:DENTER (04.04.2022 / 23:42)
Рейтинг:rating 1484 article (1)
Прочтений:4568
Комментарии:0
Ko`zguga qarab, tashqi ko`rinishingizdan yana norozi bo`layapsizmi? «Tabiat Shahzodaga ato etgan tabiiy yonoqlar-u Anjelina Joliniki kabi jozibali lablar menda ham bo`lsaydi...» deya xo`rsinishingiz nimasi? To`g`ri, Jolining lablariga deyarli barcha ayollarning «rashki» keladi. Ammo bugun tibbiyot sohasidagi imkoniyatlar shunchalik kengki, lab shaklini, hatto, Jolinikidan ham chiroyliroq ko`rinishga keltirish mumkin. Shoshilmang! Hamyoningizni qulog`idan cho`zishgayu eringizni lol qoldirishga ulgurasiz hali. Avval yo`l-yo`riqlari bilan tanishing.
Mutaxassis — plastik xirurg Hamidulla ASADOV.
«Ertaga doktorga boraman!»
Lab shaklini o`zgartirish har kimning shaxsiy tanlovi bo`lsa-da, mutaxassis tomonidan ikki xil ko`rsatma bo`lganidagina, muolaja taklif etiladi. Birinchisi, estetik jihatdan yondashuv, ya`ni lab shakli ingichka, yupqaligi, puchqaygan ko`rinishi hamda burchaklarining so`lg`in holatda bo`lishi va ushbu a`zoga ajin tushishidir.
Ikkinchi usul plastik rekonstruktiv operasiya (muolaja) bo`lib, asosan labda tug`ma nuqsonlar, chandiqlar bo`lganda lab ko`rinishiga tuzatish kiritiladi.
Asosiy usullar qaysilar?
*.Jarrohlik usuliga murojaat etilishi yuqorida ta`kidlanganidek rekonstruktiv operasiya (muolaja) bo`lib, masalan, ingichka labni teri kesimlari orqali kattalashtirish yoki lab burchaklari tushgan bo`lsa, shaklini o`zgartirish mumkin. Lab hajm jihatdan katta bo`lganda ham operasiya yo`li orqali kichraytiriladi.
*.Jarrohlik bo`lmagan turidan biri biogel yordamidagi muolajadir. Biogellar maxsus laboratoriyalarda sintezlanib, tarkibida gialuron kislotasi bo`ladi. Aslida, ushbu kislota inson organizmi uchun begona emas. Kichikligimizda gialuron kislotasining foizi yuqori bo`ladi, ulg`ayganimiz sari esa kamayib boraveradi. Biogel yordamida labda yuzaga kelgan yo`qotishlar o`rnini to`ldirish mumkin. Muolaja 10-15 daqiqa davom etib, labning ma`lum qismlariga gel yuboriladi. Sintezlangani hisobiga ma`lum vaqtdan so`ng so`rilib ketadi. Zichligi kam bo`lgan gialuron kislotasi 5-6 oyda, zichligi yuqori bo`lgan quyuqroqlari esa 1-1,5 yilda so`riladi.
*.Ham yog`, ham biogel yuborish turi. Hozirda samarali natija ko`rsatayotgan usullardan biri. Bunda inson tanasining ma`lum qismi, masalan, qorin yoki oyoq soni sohasidan kichik shpris yordamida yog` olinib, labga yuboriladi. Yog`dan so`ng biogel yuborilishi muolaja ta`sirini kuchaytiradi. Bu usulning afzalligi uzoq vaqt saqlanib turishidadir. Bir yil davomida gel asta so`rilsa-da, yog` so`rilib ketmaydi. Shuning hisobiga muolaja natijasi ko`pga etadi.
Oltimi oy yoki bir yil?
Xohishingiz va korreksiyalash turiga ko`ra olti oy yoki bir yilda bir marta qo`llaniladigan usullarni tanlashingiz mumkin. Agar bu yog`+biogel usuli bo`lsa, takroriy muolaja 2-3 yilda bir marta o`tkazilishi ham mumkin.
Shishlar...
Bo`lishi tabiiy. Chunki lab sohasi shilliq qavatdan iborat juda nozik a`zo. Hatto labimizni tishlab olsak ham, salgina shish paydo bo`ladi. Plastik muolajadan keyingi shishlar esa sodir bo`lishi mumkin bo`lgan holatlardan. Ammo xavotirga o`rin yo`q. 1-2 haftada ko`rmaganday bo`lib ketasiz. Faqat shifokor tavsiyalariga amal qilib, issiq ichimlik ichilmasligi, labga zo`riqish bermaslik, og`izni keskin harakatlantirmaslik kabilarga rioya qilsangiz bo`lgani.
Qarshi ko`rsatmalar bormi?
Qon kasalliklari, homilador va emizikli ayollarga plastik jarrohlik muolajalari tavsiya etilmaydi. Yana bir muhim holat, plastik jarrohlik amaliyotlari faqat shifokor kosmetolog yoki plastik jarroh tomonidan bajarilishi kerak! Bu turdagi muolaja uchunzinhor oddiy kosmetolog xizmatlaridan foydalanmang!
Bir martalik ineksiyalar...
Reklama e`lonlarida «bir martalik, arzon, natijasi kafolatlangan» kabi yozuvlarni ko`rgan bo`lsangiz kerak. Lab korreksiyasi bo`yicha bir martalik muolajadan avvallari foydalanishgani rost. Bunday ineksiyalar tarkibi silikon va akril gellaridan iborat bo`lib, narxi juda arzon. Qolaversa, inson organizmi uchun zarari bor. So`rilmaydigan gel turi bo`lgan ushbu vositalar yillar o`tishi bilan labda tugun ko`rinishi hosil qiladi. Bu esa hunuk ko`rinadi.
Bo`rttirib yubormang!
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda labini haddan tashqari kattalashtirgan qiz-ayollar surati ko`payib ketdi. Bir qarashda yuz-ko`zidan oldin labining cho`chchayib turishi sizning-cha chiroylimi? To`g`ri, tashqi ko`rinishni o`zgartirish har kimning o`z didi, farosati va dunyoqarashiga bog`liq. Ammo me`yorni unutmaslik kerak. Bo`rttirib yuborilgan go`zallik hech qachon qadrlanmagan. Aksincha, kulgiga olingan, xolos
Скачать txt | fb2
На главную
Онлайн: 0 / 110

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Yangi kunlik xikoyalar!