САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Гость!
Bugun: 24.11.2024
Soat: 08:11
Вход Регистрация
Tasodifiy Maqola : Фақир киши Жаноби Ҳаққа нолий бошлабди:
Фақир киши Жаноби Ҳаққа нолий бошлабди: "Эй Яратган эгам, нега мени бошқа бандаларингдан кам кўрд... davomi
Библиотека | Hayotiy voqealar | Telefondagi notanish yigitga ko‘ngil qo‘ydim, keyin bilsam...
<< 1 2
tanimaydi. Shundan
xotirjamman. Ammo yuragim
bir dahshatga tushdi.
Uydagilar, odamlar bilsa nima
bo‘ladi?
“Esing borida etagingni
yig‘ishtir! Unut uni! U uchun
shunchaki ermaksan! O‘zingni
qo‘lga ol!”
O‘zimga shu so‘zlarni bot-bot
ayta boshladim. U bilan
aloqani birdan uza
olmasligimni bilib, asta-sekinlik
bilan suhbatlarimiz orasini
uzoqlashtirishga harakat
qildim. Bu orada ular bizga
yaqinroq joyga keldi. Ayoli
bilan qo‘shni sifatida
tanishdim. U meni qo‘shni qiz
sifatida biladi, xolos. Men esa...
Hozir
deyarli qo‘ng‘iroqlashmaymiz.
Ko‘rishib qolsak, shunchaki
hol-ahvol so‘rashamiz xolos.
Xuddi qo‘shnilardek...
Uning oilasiga hech qanday
yomonligim, adovatim yo‘q.
O‘ziga ham. Uni ham
tushunaman. Axir ko‘r yo kar
emasman. Telefon yoki
boshqa aloqa vositalari orqali
qizlar bilan tanishib, sevishib
qolib, oilasidan voz
kechganlar, farzandlarini
yetim qilganlar ozmi? U
bunday qilmadi-ku! Ehtimol,
meni aldagandir? Shunchaki
ermak qilgandir? Lekin men
unga ko‘ngil qo‘ydim. Chindan
muhabbat otliq tuyg‘uga
oshno bo‘ldim. Yondim,
kuydim, qizg‘andim, suydim...
Qalbimda bo‘y cho‘zgan
bu tuyg‘ular menga yomonlik
bermadi. Tushunishga,
hayotga teranroq qarashga
o‘rgatdi. Kun kelib, o‘z
baxtimni topsam, balki unutib
ham yuborarman...
Demoqchi bo‘lganim, o‘z
vaqtida xatodan oyoq
tortishning o‘zi ham jasorat,
shuning o‘zi ham insoniylik!
Demak, u ham, men ham hali
tubanlashib ketmadik. Hali
ham pok tuyg‘ular
og‘ushidamiz. Garchi
muhabbatdan yiroq bo‘lsak-
da, baxtlimiz!
Скачать txt | fb2
<< 1 2
На главную
Онлайн: 1 / 47

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Yangi kunlik xikoyalar!