САЙТ ЗАБЛОКИРОВАН ПО РЕШЕНИЮ СУДА.
Xayirli kun, Гость!
Bugun: 24.11.2024
Soat: 18:16
Вход Регистрация
Tasodifiy Maqola : Balerina ismli qiz bn
.:: BALERINA ::.. (Voqea real, shuning uchun ismlar o`zgartirildi.) Bobom rahmatli jannati oda... davomi
Библиотека | Tibbiyot olami

Qon quyuq boʻlsa, yurak tez charchaydi

Тэги:hikoya su | hikoya 18 | kerakli maqola | xikoyalar | hikoyasu | 18
Добавил:DENTER (29.07.2022 / 22:41)
Рейтинг:rating 1859 article (1)
Прочтений:3427
Комментарии:0
Qon — hayotbaxsh suyuqlik, u odamning yurak-qon tomir tizimi boʻylab oqib, butun tanani, aʼzo va toʻqimalarni kislorod hamda oziq-moddalar bilan taʼminlaydi. Inson organizmidagi barcha jarayonlar qon yordamida amalga oshadi. Qon infeksiyalarga qarshi kurashadi, moddalar almashinuvidan ortgan chiqindilarni tashqariga haydashga hissa qoʻshadi.

Qon plazma va shaklli elementlar: eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlardan tarkib topgan. Qonning rangi eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin hisobiga qizil boʻladi. Leykotsitlar immunitet “lashkar”laridir. Ular bizni turli mikroblardan himoya qiladi. Trombotsitlar esa jarohatdan koʻp qon ketmasligi uchun qon ivishiga javob beradi. Aynan trombotsitlar qon quyuqligiga taʼsir koʻrsatuvchi elementlardir.

Quyuq qon tomirlarda juda sekin oqadi va kasallikka sabab boʻladi. Chunki bunda toʻqimalarga kerakli oziq moddalar yetib bormaydi va tanadagi ortiqcha illatlar chiqib ketolmaydi. Bundan tashqari, oʻta quyuq qonni haydashda yurak ham tez charchab qoladi.

Qon aylanish tizimi xuddi daryoga oʻxshaydi. Daryo va uning irmoqlarida suv toʻlib oqsa, ularni toʻsib boʻlmaydi. Lekin daryo suvi kamaysa yoki balchiq aralashsa, irmoqlardagi harakat ham sekinlashadi. Qon quyuqlashganda ham shunday holat sodir boʻladi.

Keksalik, organizmda suv yetishmovchiligi, ovqat hazm qilish tizimidagi surunkali xastaliklar, disbakterioz, toʻlaqonli ovqatlanmaslik, sifatsiz ovqat, ferment yetishmasligi, turli zamburugʻ, virus va bakteriyalar, kuchli zoʻriqish, stress, alkogol, tamaki, kamharakatlilik, ifloslangan havo va oʻta issiq iqlim qon quyulishiga olib keluvchi asosiy sabablardandir.

QON QUYUQLASHGANLIGI ALOMATLARI

Qon quyuqlashishi odam organizmidagi har qanday aʼzo va tizimga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Chunki quyuq qon hujayralarga kislorod va oziq moddalarni kerakli miqdorda yetkazib bera olmaydi, natijada zararli gazlarni organizmdan itarib chiqarolmaydi. Buning oqibatida yashirin kasalliklar yuzaga chiqishi va yangilari paydo boʻlishi mumkin.

Qoni quyuq kishilarda umumiy holsizlik, tez charchash, uyquchanlik, tez-tez bosh ogʻrishi, qoʻl va oyoqlar sovuq boʻlishi, jimirlashi, parishonxotirlik, depressiya, ogʻiz qurishi kabi alomatlar seziladi. Bulardan tashqari, yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida koʻkarishlar paydo boʻlishi, tirnoq shakli oʻzgarishi, ong karaxtligi kabilar ham kuzatiladi. Miyaga qon yaxshi yetib bormasa, bosh aylanishi, hushdan ketish ham sodir boʻlishi ehtimoldan xoli emas.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, qon quyuqlashishiga olib keluvchi asosiy sabablardan biri kam suv ichish ekan. Bu qabziyatga, kam peshobga chiqishga sabab boʻladi. Natijada ortiqcha moddalar tashqariga chiqib ketmasdan, qonga soʻrilib, uning tarkibini yanada aynitadi.

Shuning uchun shifokorlar iloji boricha koʻproq suv ichishni maslahat berishadi. Sogʻlom odam kuniga kamida 2 litr (yozda 3 litr) suv ichishi zarur.

Qon quyulishining oldini olishda maxsus ovqatlanish tartibiga amal qilish va tabiiy damlamalardan tashqari, ichish-chekishdan cheklanish, faol harakatda boʻlish juda muhim oʻrin tutadi. Iloji boricha, koʻproq piyoda yurish va ertalablari toza havoda badantarbiya qilish ham yaxshi samara beradi.

Qon quyuq boʻlganda kishiga bironta yaqqol belgi sezilmaydi. Shuning uchun har yili 1-2 marta qonning umumiy tahlili, qon ivish darajasi hamda qon tomirlar holatini tekshirtirib turish kerak.

Agar tahlil topshirganda qon quyuqligi aniqlansa, tezroq buning sababini bilish lozim. Negaki qon quyuqligi alohida kasallik hisoblanmay, qandaydir kasallikning belgisi boʻlishi ham mumkin. Bundan tashqari, qon quyuqligi qon bosimi koʻtarilishiga, tromb hosil boʻlishiga, keyinchalik infarkt va insultga olib kelishi ham ehtimoldan xoli emas.

Qon quyuqlashishini davolashda yetarli miqdorda suv ichish, qonni suyultiruvchi mahsulotlarni isteʼmol qilish eng qulay usul hisoblanadi. Ayrim hollarda, masalan, keksalarda qon quyuqlashganda tarkibida aspirin boʻlgan dorilar qabul qilinadi. Bu tavsiyani shifokor beradi.

Qovurilgan taomlar qon quyulishiga olib keladi. Shuning uchun, asosan, dimlab, qaynatib va bugʻda tayyorlangan yeguliklarni isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.

Tabiiy va bezarar tarzda qonni suyultirish uchun quyidagi mahsulotlarni taomnoma tarkibiga kiritish tavsiya etiladi:
- yogʻsiz goʻshtlar: mol, tovuq, kurka goʻshti;
- pomidor, lavlagi, bodring;
- dengiz karami, baliq;
- olma, gilos, anor, anjir, tut mevalari;
- sitrus mevalar: limon, greypfurt, kivi;
- zanjabil, dolchin, sarimsoq, selderey, qalampir va piyoz;
- kungaboqar pistasi, barcha yongʻoq turlari;
- oʻsimlik moylari: kungaboqar, zaytun, zigʻir moyi va boshqalar;
- uzum, olxoʻri mevalari hamda qoqisi, mayizi;
- taomga qoʻshiladigan ziravorlar: zarchava (kurkuma), zirk (timyan), zanjabil (imbir), dolchin (koritsa), yalpiz (myata).
Скачать txt | fb2
На главную
Онлайн: 0 / 77

Sex Uzbek hikoya, секс хикоялар, seks хикоя, seks hikoya, uz, xikoya, erotik hikoyalar, seks hikoyalar, erotik xikoyalar, seks xikoyalar, ehtirosli xikoyalar, extirosli hikoyalar, yangi erotik sex hikoyalar 2024, уз хикоялар, sex xikoya uz.

© XIKOYA Yangi kunlik xikoyalar!