Xitoylik olimlar maymunlarga odamning miya rivojlanishiga javob beradigan MCPH1 genini oʻrnatishdi.
MCPH1 geni markaziy asab tizimining hosil boʻlishini taʼminlaydi. Olimlar tajriba orqali uning faoliyatini toʻliq oʻrganishmoqchi. Gen makakalarning emrionlariga yuborilganidan soʻng 15 ta genetik oʻzgarishga ega maymun tugʻildi, ulardan faqat 5 tasi tirik qoldi.
Qolgan beshtasining miyasida tashqi oʻzgarishlar kuzatilmagan, lekin xotira va obrazlarni anglash testlarida yaxshi natijalar koʻrsatgan.
Natijalar va tadqiqotning oʻzi juda koʻp tanqidga uchramoqda. Tanqidchilar odam genini hayvonga joylashtirish ahloq normalariga toʻgʻri kelmasligini taʼkidlamoqdi.