Tayvan yuqori sudi mahalliy tish shifokorlaridan birini o’z onasiga 800 ming dollar to’lashga majbur qildi. Xabarda aytilishicha, ushbu mablag’ ona tomonidan uni tarbiya qilish davomidagi harajatlar uchun kompensatsiya sifatida berilgan.
Aniqlanishicha, yigit 20 yoshga to’lganda onasi u bilan shartnoma imzolab, o’g’li institutni bitirganidan so’ng unga berilgan tarbiya va onasi tomonidan o’qishi uchun to’langan pul evaziga unga har oylik daromadining 60%ini berishga kelishgan. Aynan shunday shartnoma ayolning ikkinchi o’g’li bilan ham tuzilgan.
Ayol o’g’illari uchun ozmuncha pul sarf etmaganligi va qarigan paytida uni parvarishlab, moliyaviy tomondan ta’minlamasliklariga ishonchi komil ekanligi aytgan.
Ishga joylashgan o’g’illar shartnoma talablarini bajarishmagan, ona esa o’z “haqi”ni talab qilish uchun sudga murojaat etgan.
Sud ona foydasiga qaror chiqarib, uning o’g’illaridan aytilgan mablag’ni undirib berdi.