“Avtostat” tahliliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, KIA Rio Rossiyada eng mashhur xorijiy mashina deb topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Mamlakatda ushbu avtomobil modelining 752 ming nusxasi mavjud. Koreya avtosanoatining yana bir vakili — Hyundai Solaris 739 ming dona avtomobil bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Ford Focus esa 737 ming dona avtomobil bilan reytingning uchinchi pog‘onasidan o‘rin oldi.
Reyting top-10 taligiga, shuningdek, Toyota Corolla, Renault Logan, Chevrolet Niva, Volkswagen Polo, Toyota Camry, Daewoo Nexia va Skoda Octavia ham kiritildi.